
Gvardiola katta ishga qo‘l uradi
Xosep Gvardiola qishki transferlar davrida “Milan”ning qanot himoyachisi Teo Ernandesni o‘z jamoasiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Milanliklar 23 yoshli futbolchini qishki transferlar vaqtida sotib yuborishga qaror qilgan va uning narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Manchester Siti”ning chap qanot himoyasida muammo bor va “shaharliklar” Teo Ernandes orqali bu bo‘shliqni yopishga tayyor.
“Siti” safidagi yagona chap qanot himoyachisi Benjamin Mendi jinoyatda ayblanib, qamoqda o‘tiribdi. Uning sudi 24 yanvarga belgilangan. Shu bois, manchesterliklar qishki transfer bozori ochilishi bilan Ernandesni sotib olishga tayyor.
Fikrlar