Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagan

  • 10 noyabr, 2024, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ni Angliyaning eng qudratli jamoasiga aylantirgan Xosep Gvardiola Premer-liganing 11-turidagi mag‘lubiyatdan keyin antirekord qayd etdi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassisning shogirdlari “Brayton”dan 1:2 hisobida engildi. Bu “shaharliklar”ning barcha turnirlardagi ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Statistikaga ixtisoslashgan  Opta Sport nashrining ma’lum qilishicha, Xosep Gvardiola hali murabbiylik faoliyati davomida hech qachon ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan ekan. Bunaqasi murabbiy hayotida birinchi marotaba yuz bermoqda.

“Mancheste Siti” uchta musobaqada to‘rt bor engildi. Gvardiola shogirdlar Liga kubogida “Tottenxem”ga 1:2, chempionatda “Bornmut” va “Brayton”ga bir xil – 1:2 va Chempionlar ligasida “Sporting”ga 1:4 hisobida yutqazdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Тулкинбой
10/11/2024 19:47
Яхши бардовом булсн