
Gvardiola Grilishga "Everton"dagi faoliyatida omad tiladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Jek Grilishning jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi.
- Unga "Everton"da barcha yaxshiliklarni tilayman. Umid qilamanki, u erda ko‘proq o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biz buni Grilish uchun eng yaxshi qaror deb hisobladik, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Angliya Premer-ligasining birinchi turida "Manchester Siti" safarda "Vulverxempton"ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar