Gvardiola: "De Bryuyne kabi o‘yinchilarga moslashish uchun vaqt kerak emas"

  • 17 sentabr, 22:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Kevin de Bryuynening "Napoli"dagi muvaffaqiyatli debyuti haqida gapirdi.

Tecno

Belgiyalik yarim himoyachi A Seriyadagi ilk uch uchrashuvda ikki bor gol urdi.

"Bunday darajadagi o‘yinchilarga moslashish uchun ko‘p vaqt kerak emas. De Bryuynening maydonni ko‘rishi, uzatmalari, golli paslari va so‘nggi uchdan bir qismidagi harakatlari uni noyob qiladi", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis Sky Sportsga.

34 yoshli futbolchi bu yozda "Manchester Siti" bilan 10 yillik sayohatini yakunlab, Italiyaning amaldagi chempioni "Napoli"ga qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!