
Gvardiola birdaniga uchta yulduzdan voz kechishga qaror qildi
“Manchester Sit” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini qayta shakllantirish va asosan iste’dodli yosh futbolchilardan tuzishga qaror qildi.
EL Nacional nashrining yozishicha, ana shu maqsadda ispanilik mutaxassis asosiy tarkibning uch nafar tajribali vakilidan voz kechmoqchi.
Xosep Gvardiola Kevin de Bryuyne, Bernardu Silva va Ilkay Gyundog‘anning ketishi jamoani qayta qurish jarayonini tezlashini ta’minlaydi, deb hisoblamoqda.
Bu futbolchilar orasida 34 yoshli Gyundog‘an va 33 yoshli Kevin de Bryuynening shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Pepning talabidan kelib chiqib, bu yulduzlarga yangi shartnoma taklif etilmaydi.
30 yoshli Bernardu Silva jamoada 2026 yilning yozigacha qolishi mumkin. Silvaning o‘zi klub bilan yangi shartnoma tuzishni istamayapti va katta ehtimol bilan yozda sotib yuboriladi.
Fikrlar