Gvardiola “Barsa”dan yangi yulduz tanladi

  • 8 aprel, 05:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xosep Gvardiola yozgi transferlar davrida jamoa tarkibini kuchaytira oladigan futbolchilarni hozirdan tanlab qo‘yishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ispaniyalik mutaxassisni mavsum oxirida “Manchester Siti”ni tark etishini e’lon qilgan Kevin de Bryuynening o‘rnini bosadigan nomzod o‘ylantirmoqda.

El Nacional nashrining yozishicha, Gvardiola maydon markazini kuchaytiradigan futbolchi sifatida “Barselona” yulduzi Dani Olmoni olib kelmoqchi. Manbaning ta’kidlashicha, “shaharliklar” ustozi bu futbolchi “Leyptsig”da o‘ynab yurgan kezlaridayoq uni nishonga olib qo‘ygan ekan.

Gvardiola ispaniyalik futbolchi u qo‘llayotgan o‘yin uslubiga ideal darajada mos tushishiga ishonmoqda. Qolaversa, “Barselona” o‘tgan yozda Olmoni transfer qilganidan beri uni La Liga qaydnomasidan o‘tkazishda muammolarga duch kelmoqda. Bu omil 26 yoshli futbolchini olish imkoniyatini oshiradi.

Olmoning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasida uni 60 million evroga transfer qilish imkoniyatini beruvchi band ham kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!