Gvardiola “Barsa” yulduzini 100 million evroga oladigan bo‘ldi

  • 2 aprel, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirishni davom ettiradi. “Shaharliklar” yoshi o‘tgan o‘yinchilar o‘rniga yosh va iste’dodli yangi ijrochilarni olib keladi.

Tecno

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha,  Xosep Gvardiola o‘zining sobiq jamoasi “Barselona”dan 22 yoshli yarim himoyachi Pedrini olishni mo‘ljallayapti.

Ispaniyalik mutaxassis o‘z hamyurtini jamoa bilan shartnomasi yakunlanayotgan Kevin de Bryuynedan bo‘shaydigan pozitsiyaga olib kelmoqchi.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar bu transfer uchun 100 million evrolik taklif tayyorlayapti. Biroq “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta Pedrining Angliyaga ketishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Pedri yaqinda klub bilan shartnomasini 2030 yilning yarmigacha uzaytirgan va unga 1 milliard evro badal puli belgilangan.

Shunga qaramay, Joan Laporta Pedri faqatgina o‘zi ketishni ixtiyor qilgan taqdirdagina uni qo‘yib yuborishini aytgan. Demak, “shaharliklar” bu transferni amalga oshirish uchun eng avval Pedri bilan kelishib olishi shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!