Gvardiola "Al-Hilol"ga qarshi uchrashuvdan oldin nega bu tarkibni tanlagani va raqib jamoa haqida gapirdi!

  • 1 iyul, 05:54
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "Al-Hilol"ga qarshi uchrashuv oldidan Caudiya klubi va o‘z tarkibi haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Saudiyaga ketgan futbolchilar — bu yaxshi futbolchilar! Balki ular yaxshi shartnomalarga ega, lekin ularni tanlashda sifat asosiy mezon bo‘ladi. Ular sifatsiz futbolchilarni olib kelishmaydi. U erda juda ko‘p yuqori saviyadagi o‘yinchilar bor va men doimo raqibimizdan eng yaxshi o‘yinni kutaman. Lekin biz, eng avvalo, o‘z ishimizga maksimal darajada e’tibor qaratishimiz kerak".

Gvardiola jamoaning asosiy tarkibi borasidagi qarori haqida ham shunday dedi:

"Qaror? Bu erda hech qanday alohida narsa yo‘q. Bizda yana 11–12 nafar futbolchi bor edi, ularni ham tushirish mumkin edi. Men shunday qaror qabul qildim. Bu doimo oddiy" - deya ta’rif berib o‘tdi "shaharliklar" mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
01/07/2025 07:00
Бизни болакайни Яна тушурмади бу кал