
Gvardiol uchun APL grandlari dahshatli summa taklif etmoqda
Xorvatiya milliy terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol Jahon chempionatida ancha ishonchli harakat qilmoqda. Bu orqali yosh iste’dod bir nechta grand jamoalarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Xususan, "Foot Mercato" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Yoshko faoliyatini "Tumanli albion"da davom ettirishi mumkin. Unga Angliya Premer-ligasining uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda.
Ular orasida eng katta taklifni "Manchester Siti" tayyorlayapti - 100 million evro. O‘z navbatida, "Chelsi" xorvatiyalik futbolchi uchun 95 million, "Manchester Yunayted" 90 million sarflashga rozi.
20 yoshli Gvardiol ayni paytda "RB Leyptsig" sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar