
Gvardiol Messidan unutilmas saboq oldi
Xorvatiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol Lionel Messi bilan o‘tgan so‘nggi qarama-qarshiligi haqida gapirdi.
20 yoshli xorvatiyalik futbolchi jamoasiga JCh yarim finalida Argentinani mag‘lub etishga yordam bera olmadi. U uchinchi gol bilan bog‘liq vaziyatda Messiga yakkama-yakka kurashda imkoniyatni boy berdi va golga sababchi bo‘lib qoldi.
"Messi terma jamoada o‘ynaganida butunlay boshqacha futbol ko‘rsatadi. Umid qilamanki, keyingi safar unga qarshi yaxshiroq o‘ynayman, ushbu jahon chempionatida tarixdagi eng yaxshi futbolchi bilan to‘qnash kelganimdan faxrlanaman.
Xatolar futbolning ajralmas qismidir, lekin men ularni kamaytirishga harakat qilaman, ayniqsa, kuchli futbolchilarga qarshi uchrashuvlarda" - deydi "Leyptsig" himoyachisi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar