Grizmann jonajon jamoasiga ham "sig‘may qoldi"

  • 13 may, 2022, 20:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Antuan Grizmann mavsum avvalida "Barselona"dan "Atletiko" safiga ijara asosida kelib qo‘shilgandi. 

"COPE" nashri bergan xabarga ko‘ra, "matraschilar" frantsiyalik futbolchining ijara muddatini cho‘zdirish yoki sotib olish haqida o‘ylamayapti. Madrid klubi uni shu yozda "Barsa"ga qaytarib yubormoqchi. 

Ma’lumot uchun, 31 yoshli forvard joriy mavsum La Liga doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Qayd etish lozim, Antuan 2014 hamda 2019 yillar oralig‘ida "Atletiko" safida to‘p tepgan. 2019 yilning yozida "ko‘k-anorranglilar" uni 120 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!