Grilish "Barselona" safidagi ikki futbolchining harakatlarini yuqori baholadi

  • 19 sentabr, 10:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish Chempionlar ligasidagi "Nyukasl" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Kataloniyaliklar Angliyada 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Markus Reshford 2 ta gol urgan bo‘lsa-da, Grilish vatandoshini emas, balki "ko‘k-anorranglilar"ning boshqa ikki futbolchisini alohida ta’kidladi. 

- Pedri va de Yongni kuzatish juda katta zavq bag‘ishlaydi, - deya yozib qoldirdi Grilish.

Jek Grilish ijara asosida "Everton" safida o‘ynamoqda. 2023 yilda futbolchi "Manchester Siti" tarkibida Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!