
Gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Al-Hilol" "Inter Mayami"ni mag‘lub qildi
O‘rtoqlik turnirida "Al-Hilol" "Inter Mayami"ni 4:3 hisobida taslim qildi.
Dastlab, Mitrovich va Al-Hamdon oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Suares hisobni qisqartirgan bo‘lsa, Mishael yana gol urdi. 54-daqiqada Messi penaltini aniq amalga oshirdi, oradan ko‘p o‘tmay Ruis imkoniyatlarni tenglashtirdi. 88-daqiqada esa Malkom g‘alaba golini urib ketdi.
Shu tariqa, riyoliklar "Inter Mayami" ustidan zafar quchdi.
Fikrlar