Gol urgan Mbappe tanqidlarga o‘tkir javob qaytardi

  • 8 dekabr, 2024, 10:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 16-turida “Real” safar uchrashuvida mezbon “Jirona” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. O‘yinga yakuniy nuqtani uchinchi golni urgan Kilian Mbappe qo‘ydi.

Tecno

Bellashuvdan keyin frantsiyalik hujumchi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Omadsiz uchrashuvlardan keyin gol urish qanday bo‘lganini so‘rayapsizlar. Bu ishimning bir qismi. Men jamoaga yordam beryapman, buni har bir uchrashuvda uddalash harakatidaman. O‘yinda xarakter ko‘rsatish va g‘alabaga yordam berishga urinyapman, - dedi Kilian Mbappe.

Kilian Mbappe Ispaniya superklubidagi debyut mavsumida barcha turnirlarda 21 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!