Gol urgan Mbappe katta gapirib yubordi

  • 8 dekabr, 2024, 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida “Jirona” darvozasiga gol urib, “Real”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlagan Kilian Mbappe Evropa Chempionlar ligasi doirasida bo‘ladigan uchrashuv oldidan katta gapirib qo‘ydi.

Tecno

- Bu Chempionlar ligasi. Ushbu musobaqada senga qarshi eng kuchli o‘yinchilar va jamoalar o‘ynaydi.

Biz navbatdagi bahsda g‘alaba qozonishimiz shart. Chunki Chempionlar ligasidagi avvalgi uchrashuvda mag‘lub bo‘lganmiz.

“Real” bu gal kurashga va g‘alaba qozonishga tayyor, - dedi Kilian Mbappe.

“Real” futbolchilari qit’a miqyosidagi navbatdagi uchrashuvni 10 dekabr kuni Italiyada “Atalanta”ga qarshi o‘tkazadi. Hozircha, beshinchi turdan keyin madridliklar olti ochko jamg‘argan holda umumiy bosqichda 24-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!