
Gilbert Byorns Oliveyra va Maxachev jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi
Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Gilbert Byorns braziliyalik engil vazn toifasining amaldagi chempioni Charlz Oliveyra va umidli rossiyalik jangchi Islom Maxachev o‘rtasidagi ehtimoliy jangga o‘z taxminlarini bildirdi.
"Charlz mening do‘stim va doim shunday bo‘lib qoladi. Agar, men uning promouteri bo‘lganimda va keyingi jang uchun raqiblarini tanlaganimda, Islom Maxachevni tanlagan bo‘lardim. Ha, menga Beneil Dariush ham yoqadi, ammo keyingi jangda Oliveyra Maxachevga qarshi jang qilishi kerak.
Men bor pulimni Oliveyraning tezkor g‘alabasiga tikkan bo‘lardim. Axir, Maxachev muddatidan oldin mag‘lub bo‘lganini bilamiz", - deya Byornsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sportskeeda.
Fikrlar