
Getji Habibni enga oladimi? Pore javob berdi
Amerikalik aralash qoidalar jangchisi Dastin Pore 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Habib - Getji jangi haqida fikr bildirib o‘tdi.
"Getji jangni oktagon markazida o‘tkazish imkonini topa bilsa, bu uning yutug‘i. Jastin tik holatda yaxshiroq jang o‘tkazadi. Uning zarbalari haqida hammamiz bilamiz: har qanday blok ularga dosh bera olmasligi mumkin.
Barchasi rejalarni qanday amalga oshirish bilan bog‘liq. Habib uni setka yoniga olib bora olsa, barchasi o‘zgarib ketishi aniq. Shuning uchun, Getji oktagon markazida qolishga harakat qilishi zarur", - dedi Pore.
Fikrlar