
Germaniyani jahon chempioni qilgan futbolchi vafot etdi!
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andreas Breme 63 yoshida vafot etdi.
Bild nashrining yozishicha, Breme bugun tunda Myunxenda yurak hurujidan vafot etgan. U kasalxonaga yotqizilgan, ammo uning hayotini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.
Breme faoliyati davomida “Kayzerslautern”, “Inter”, “Bavariya”, “Saarbryuken” va “Saragosa” klublarida o‘ynagan. Germaniya terma jamoasi tarkibida 1990 yilgi jahon chempionatida Argentinaga (1:0) final uchrashuvida g‘alaba to‘pini kiritib, Bundestimning chempionligini ta’minlagan.
Fikrlar