
Gattuzo "Sampdoriya" taklifini rad etdi
"Milan" sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Sampdoriya" taklini rad etdi.
A Seriya klubi Gattuzoga ikki yillik bitim taklif qiligan. Bundan tashqari, murabbiylar shtabini tuzishda Gattuzoning o‘ziga qo‘yib berishni va transfer siyosatini ham uning o‘zi yurg‘izishga imkon berishni ham taklif qilgan.
Kuni kecha, Gattuzo "Sampdoriya" rasmiylari bilan uchrashgan va muzokaralar olib borgan. Yakunda mutaxassis taklifga rozilik bermagan.
Klub rahbariyati iste’foga chiqarilgan Eusebio Di Franchesko o‘rniga murabbiy izlashda davom etmoqda.
Nomzodlar orasida Janni De Byazi va Juzeppe Yakini variantlari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, "Sampdoriya" klubi Klaudio Raneri nomzodini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
Fikrlar