
Garet Beyl: Agar "Real" ketishimni xohlasa, marhamat qilib 51 mln evro to‘lab qo‘ysin. Aks holda...
"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beyl rahbariyatga jamoadan ketish borasidagi talabini ma’lum qildi.
“Mening shartnomam yana 3 yilga amal qiladi. Agar klub mening ketishimni xohlasa, marhamat qilib 51 mln evro to‘lab qo‘ysin. Aks holda men jamoada qolaman. Agar shartnomam tugashiga qadar faqat golf o‘ynashim kerak bo‘lsa, o‘ynayman”, - deydi 29 yoshli uelslik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 42ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar