
G‘aniev to‘liq o‘ynagan bahsda "Shabab Al-Ahli" irodali tarzda g‘alaba qozondi
BAA chempionati 11-turidan o‘rin olgan "Baniyas" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Mateusao dubl qilgan bo‘lsa, mezbonlardan Seferi javob golini urdi. G‘aniev esa to‘liq o‘ynadi va maydonda harakat qilgan eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi. U 38 ta pas bergan bo‘lsa, shulardan 30 tasi sheriklariga aniq bordi. Bitta zarba va bitta muvaffaqiyatli dribling qildi. Shuningdek, 5 ta duelda g‘alaba qozonib, 3 marta podkat orqali to‘pni olib qo‘ydi. "Sofa Score" portaliya yarim himoyachiga 7,7 ball berdi.
Shu tariqa, "Shabab Al-Ahli" turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar