
Gandbol. OKMK – 2022-yilgi O‘zbekiston chempioni!
Gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakuniga etdi. Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tgan so‘nggi tur bellashuvlaridan keyin joriy yilgi chempion aniqlandi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, to‘rt davra yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyatining OKMK jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kumush medal Toshkent shahri jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni samarqandlik qizlar yakunlab berishdi.
Fikrlar