
"Galatasaroy" muxlislari MYuga qarshi o‘yinda telefon va internetdan foydalanmaslikka kelishgan
Evropa chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Galatasaroy" - "Manchester Yunayted" bahsi Turkiyaning go‘zal Istanbul shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 3:3 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi.
Ahamiyatlisi, mazkur uchrashuvda turkiyalik muxlislar ajoyib ishga qo‘l urishdi. Ular o‘yin oldidan barcha ishqibozlarga ko‘rinadigan shaklda "90 daqiqa agressiv qo‘llab-quvvatlash. Jamoa bilan birga jangda ishtirok eting!" kabi yozuvdagi bannerlarni ilib qo‘yishgan.
Shu tariqa, ushbu o‘yinda muxlislar telefon va internetdan maksimal kam foydalangan holda sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlab turgan.
Fikrlar