G‘alabani ushlab qololmagan Gvardiola alamidan yuzini yulib tashladi (foto)

  • 27 noyabr, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining umumiy guruh beshinchi turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Feyenoord”ni engolmadi.

Tecno

Xosep Gvardiola shogirdlari birinchi bo‘lim oxiridan boshlab, to‘qqiz daqiqa ichida raqiyu darvozasiga uchta to‘p kiritdi. Xolandning dubli va Gyundog‘anning bir gol evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan “shaharliklar” o‘yin oxirida qaqshatqich zarbaga uchradi.

“Feyenoord” uchta to‘p kiritib, hisobni tenglashtirishga erishdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘ldan chiqarilgan g‘alaba alamidan o‘z yuzini o‘zi yulib oldi. Buni quyidagi suratdan ko‘rish mumkin.

Shu tariqa, “Manchester Siti”ning g‘alabasiz seriyasi olti o‘yinga cho‘zildi. Jamoa avvalgi ketma-ket beshta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!