G‘alabaga tashna bo‘lib turgan "Paxtakor" hamda "Qo‘qon-1912" o‘yini oldidan bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

  • 17 oktabr, 2022, 13:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 22-tur doirasidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 18 oktyabr  kuni Toshkentdagi  “Paxtakor” markaziy  stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 33 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 6 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 19 ta bahsda “Sherlar”ning qo‘li baland kelgan. Sakkizta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 85-46, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 26 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 65 tani tashkil etadi.

Bu jamoalarning 1-davradagi o‘zaro uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan edi.

Ushbu jamoalarning so‘nggi sakkizta uchrashuvi

18.05.2022  "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" -  1:1

01.10.2021  «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» - 4:2

12.05.2021  “Paxtakor” – “Qo‘qon -1912” - 3:0

20.10.2020  “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” - 2:1

18.08.2020  «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» - 1:3

26.07.2019  “ Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” - 3:1

29.06.2019  «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» - 1:2

12.08.2018  «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» - 1:1

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!