
Gagarin kubogi. SKA seriyadagi hisobni qisqartirdi
Sankt-Peterburg shahrida kechgan uchrashuvda mezbonlar overtaymda kiritilgan gol evaziga 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi va seriyadagi hisobni ham 2:1 ko‘rinishida qisqartirishdi.
Jamoalarning kelgusi qarama-qarshiligi ham Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
KXL - pley-off. Final - G‘arb. 3-o‘yin
SKA – TsSKA – 2:1 (0:1, 1:0, 0:0, 1:0)
0:1 – 19 Karnauxov (Svetlakov)
1:1 – 27 Barabanov (Proxorkin, Zub)
2:1 – 72 Proxorkin ()
Darvozabonlar: Shesterkin 16/17 – Sorokin 27/29
Seriyadagi hisob: 1-2.
Fikrlar