Fyodor Emelyanenko: "O‘sha g‘alabam men uchun eng muhimi bo‘lgandi!"

  • 17 sentabr, 22:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

48 yoshli rossiyalik afsonaviy jangchi  Fyodor Emelyanenko o‘z faoliyatidagi eng muhim jangni eslab o‘tdi.

Tecno

"Antoniu Rodrigu Nogeyra ustidan qozongan g‘alabam men uchun eng muhimi bo‘lgandi. O‘shanda u eng kuchli raqib hisoblanardi. Xudoga shukur, yutdim va dunyo reytingida birinchi raqamga chiqdim. Yana Mirko Filipovich bilan bo‘lgan jang ham og‘ir kechgan. Lekin, aslida, eng qiyin narsa — bu jang emas, balki unga tayyorgarlik. Mashg‘ulotlar odamni butunlay holdan to‘ydiradi, oxirgi haftalarda nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kurash ham ketadi. Eng asosiysi tushkunlikka tushmasdan oldinga intilishdir", — deya Fyodorning so‘zlarini keltirdi "oskol.city".

Eslatib o‘tamiz, 2003 yil 16 mart kuni Emelyanenko "Pride 25" turnirida Nogeyrani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!