
Futzal terma jamoamiz navbatdagi yig‘inni boshlaydi va ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi
Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.
Vakillarimiz ushbu yig‘in doirasida 19-20 mart kunlari Liviya, 26-28 mart kunlari esa Qirg‘iziston terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan mazkur o‘yinlar «Yunusobod» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar