
Futzal jamoasi chempionat va kubokda o‘ynay olmasligini bildirib PFLga xat yubordi
Futzal bo‘yicha Oliy liga bahslarining 2021/22 yilgi mavsumi davom etmoqda. Unda qatnashayotgan “Stroitel-Zarafshon” klubi O‘zPFLga rasmiy xat chiqarib, jamoa futzal bo‘yicha mamlakat chempionati va kubogining 2022 yilgi uchrashuvlarida ishtirok eta olmasligini bildirdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga jamoaning moliyaviy jihatdan og‘ir ahvolda qolgani sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston chempionati joriy mavsumida 11 o‘yin o‘tkazgan “Stroitel-Zarafshon” 1 ochko bilan musobaqa jadvalida oxirgi bo‘lib turibdi.
Fikrlar