Futzal. Etakchilar durang o‘ynadi, "Stroitel-Zarafshon" ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi yoxud 5-turda nimalar sodir bo‘ldi?

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 5-tur o‘yinlari ortda qoldi. Mamlakat chempionatining navbatdagi turi Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkazildi. Bellashuvlarni SPORTS.uz sayti jonli efirda namoyish qildi

Tecno

Ishtirokchi o‘n ikkita jamoa ikkitadan o‘yin o‘tkazdi. “Huaxin-Jizzax”, “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari har ikkala o‘yinlarida g‘alaba qozonishdi, aksincha, “Neftchi”, “Nasaf” va “Dinamo” jamoalari birorta ham ochko ishlay olmadi. Chempionlikka asosiy da’vogarlar AGMK va “Lokomotiv” jamoalarining o‘zaro bahsida esa durang qayd etildi.

Uchinchi kungi  uchrashuvlarni taxmin qilganlar deyarli adashishmadi. Teng kurashlar ostida o‘tgan “Metallurg” va “Maksam-Chirchiq” o‘yinida durang qayd etilganini inobatga olmaganda qolgan o‘yinlarda kuchli deya e’tirof etiladigan jamoalar zafar quchishdi. Shu tariqa turnir jadvalida 34 ochkodan jamg‘argan AGMK va “Lokomotiv” jamoalari peshqadamlik qilishyapti, “Huaxin-Jizzax” esa ulardan atigi bir ochko ortda boryapti. Jadvalning so‘nggi pog‘onalarini “Stroitel-Zarafshon” va “Dinamo” jamoalari 4 ochkodan jamg‘argan holda “band” etib turishibdi. Chempionatning 6-tur uchrashuvlari 19-21 yanvar kunlari Jizzax va Olmaliq shaharlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

Quyida barcha natijalar bilan tanishing:

1-kun.

"Neftchi" – "Huaxin-Jizzax" 3:5

"Dinamo" – "Stroitel-Zarafshon" 1:3

"Navbahor" – "Metallurg" 3:2

"Nasaf" – "Lokomotiv" 4:8

2-kun. 

"Bunyodkor" – "Neftchi" 3:2

"Paxtakor" – "Dinamo" 6:5

"Maksam-Chirchiq" – "Navbahor" 3:5

AGMK – "Lokomotiv" 0:0

3-kun.

"Metallurg" – "Maksam-Chirchiq" 3:3

"Stroitel-Zarafshon" – "Paxtakor" 2:6

"Nasaf" – AGMK 2:4

"Huaxin-Jizzax" – "Bunyodkor" 6:1

Ushbu natijalardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan: 

turnirjadvali

Futzal Oliy ligasi 5-turining haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

- 12 o‘yinda 80 ta gol kiritildi (o‘rtacha 6,6 tadan)
- Eng ko‘p to‘p "Nasaf" — "Lokomotiv" bahsida kiritildi (4:8)
- 2 nafar futzalchi xet-trikka erishdi: Alisher Ibragimov ("Paxtakor") va Farhodjon Shokirov ("Navbahor")
- Dubl qayd etganlar: Akbar Usmonov ("Lokomotiv"), Konstantin Sviridov ("Paxtakor"), Avaz Abduvaliev (AGMK), Elbek To‘lqinov (Huaxin-Jizzax), Temur To‘raqulov ("Maksam-Chirchiq"), Islombek Biyto‘raev ("Metallurg"), Daler Eshonqulov ("Dinamo"), Boburbek Ergashev ("Lokomotiv"), Jamoliddin Normirzaev ("Lokomotiv"), Ilhom Yusupjanov ("Navbahor"), Husniddin Nishonov ("Huaxin-Jizzax").
- Eng ko‘p gol urgan futbolchi: Alisher Ibragimov (4ta)
- "Stroitel-Zarafshon" mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
- "Lokomotiv" va AGMK klublari mavsumdagi ilk duranglarini rasmiylashtirishdi
- "Dinamo"ning mag‘lubiyatlari soni 11 taga etdi. Bu musobaqadagi eng yomon natija hisoblanadi

Futzal. "Lokomotiv" – "Nasaf" o‘yinida 12ta, "Huaxin-Jizzax" va "Neftchi" bahsida esa 8ta gol urildi (fotogalereya)

Futzal. "Paxtakor" qiyin g‘alabaga erishdi. Markaziy o‘yinda hisob ochilmadi (fotogalereya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!