
Futbolimizda deyarli uchramaydigan holat. Azamat Abduraimov O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramovni tanqid qildi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng feysbukdagi sahifasidagi sahifasida Vadim Abramovni tanqid qildi.
- Abramovning futboli sargujashtlarga boy va biz bundan bir necha marta kuyib qolganmiz. Olimpiyachilarning muvaffaqiyatsizligi va Avstraliyadan uchralgan 0:6 hisobidagi mag‘lubiyatni eslash kifoya. Afsuski, shundan xatoni yana takrorlayapmiz, - deb izoh qoldirdi Azamat Abduraimov.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinning 85-daqiqasida 2:1 hisobida oldinda borayotib, yakunda ikkita gol o‘tkazib yubordik va mag‘lubiyatga uchradik.
Fikrlar
Ohirigacha quyib berish kerak.abramov olib chiqadi