Futbolchining shikoyati bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

  • 30 mart, 2023, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yamaykalik 22 yoshli hujumchi Javon Ist o‘z jamoasining “Deportivo Saprissa” ustozi Jastin Kampos ustidan shikoyat qilishga qaror qildi. U murabbiyni irqchilikda aybladi va Kosta-Rikadagi professional futbolchilar assotsiatsiyasi Asojuproga tegishli murojaat yozdi.

Tecno

Jazo ham tez keldi - Kampos ishdan bo‘shatildi. Tigo Sports Costa Rica xabariga ko‘ra, u Istni "qora badbashara" deb atagan. Bu haqda futbolchining o‘zi aytgan. Klub rahbariyati ichki tergov boshladi, ammo Kamposning oqlanishi dargumon - aksincha, sport direktori Anxel Katalina ham voqeani bostirishga uringani uchun jazolanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!