
Futbolchimiz arab diyoriga ketdi
Rossiya Premer-ligasi debyutanti «Akron» chempionatning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni boshladi. Birinchi yig‘in 30 yanvarga qadar Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.
Tolyatti klubi matbuot xizmati qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ular orasida hamyurtimiz Sherzod Esonov ham bor.
Tarkib bilan tanishing:
Darvozabonlar:
Matvey Bezrogov, Aleksandr Vasyutin, Sergey Volkov, Artyom Grigorev, Dmitriy Nagaev.
Himoyachilar:
Vyacheslav Bardibaxin, Marat Bokoev, Paulo Vitor, Boyan Dimoski, Nikita Krivoruchko, Dmitriy Pestryakov, Konstantin Savichev, Aleksey Solovyov, Roberto Fernandes, Rodrigo Eskoval.
Yarim himoyachilar:
Soltmurad Bakaev, Artur Galoyan, Kirill Danilin, Ifet Djakovats, Aleksa Djurasovich, Maksim Kuzmin, Stefan Lonchar, Vladimir Moskvichyov, Vladimir Xubulov, Sherzod Esonov.
Hujumchilar:
Jilson Benshimol, Sergey Gribov, Artyom Dzyuba, Arseniy Dmitriev, Mavis Chibota.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida “Akron” uchta sinov-nazorat uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
21 yoshli markaziy yarim himoyachi Sherzod Esanov yozda “Andijon”dan “Akron”ga 210 ming evro evaziga transfer qilingan edi. Iste’dodli futbolchimiz legioner sifatida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 12 marta maydonga tushdi.
Sherzodning Rossiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar