
Futbolchilar bosh murabbiyni haydashni talab qilmoqda
“Chelsi” kutilgan natijalarni qayd eta olmayapti. O‘yinchilarga katta mablag‘ sarflagan klub rahbariyati ulardan raqobatbardosh jamoa shakllantirish maqsadida bosh murabbiylikka Maurisio Pochettinoni olib kelgan edi.
Bu mavsum argentinalik mutaxassis vaziyatni o‘nglay olgani yo‘q. “Aristokratlar” musobaqa jadvalining o‘rtasidan yuqoriga ko‘tarila olayotgani yo‘q.
Londonliklar Premer-liganing 30-turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Byornli” bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.
Angliya futbolini yoritayotgan manbalarning yozishicha, “Chelsi”ning bir guruh futbolchilari ushbu bellashuvdan keyin klub rahbariyatidan bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarishni talab qilgan. Ular murabbiyning ish uslubidan norozi bo‘lmoqda.
“Chelsi”ni o‘tgan yili yozda qabul qilib olgan tajribali murabbiyning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar