
Futbolchi Rahim 36 yoshida vafot etdi
Singapur terma jamoasining sobiq futbolchisi Hafiz Rahim 36 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, u mototsiklni boshqarib ketayotganda avariyaga uchragan va voqea joyida halok bo‘lgan. Uning uch nafar farzandi bor edi.
Hafiz Rahim Singapurning bir necha klublari sharafini himoya qilgan. 2009 yili “Geyland Yunayted” tarkibida mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Besh yildan so‘ng “Uorriors” jamoasi safida Singapur chempioni bo‘lgan.
2011-2014 yillarda Singapur terma jamoasi tarkibida 9 ta o‘yinda qatnashgan Rahim bitta gol urgan edi.
Fikrlar