Futbolchi muhim, murabbiy emas! “Real” xo‘jayini Alonsodan Vinisiusga yon bosishni talab qildi
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan qanot hujumchisi Vinisius Juniorning “Qirollik klubi”dagi maqomi va rolini muhokama qildi.
Bu haqda Mundo Deportivo va Cadena Ser kabi manbalar taniqli jurnalist Manu Karrenoga tayanib xabar bermoqda.
- Agar Madridning “Real”safida Vinisius kabi futbolchi bo‘lsa, uni g‘azablantirish mumkin emas. Prezident Florentino Peres buni Xabi Alonsoga tushuntirdi. O‘yinchilar klub aktivi, murabbiy emas, - deb yozdi jurnalist.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida braziliyalik futbolchi jamoani yozda qabul qilib olgan xabi Alonsodan norozi ekani va ular o‘rtasida ziddiyat mavjudligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Ta’kidlanishicha, Vinisius ispan murabbiyi sababli klub bilan 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirishni istamayapti.



Fikrlar