Futbol baribir tugaydi! Messi yangi sohada ish boshladi

  • 8 noyabr, 17:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi faoliyatining so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda va butsasi mixga iladigan onlar tobora yaqinlashib kelyapti.

Tecno

38 yoshli futbol yulduzi faoliyatini tugatganidan keyin nima ish bilan shug‘ullanishini aytdi.

- Faoliyati juda uzoq davom etmoqda. Haqiqat shundaki, keyingi paytlarda boshqa narsalarga ham qiziqish bilan qaray boshladim. Hozir nima qilish kerak va kelajakda nimalar bo‘lishi mumkinligini o‘ylayapman.

Afsuski, futbol imkoniyatlari cheklangan va qaysidir payt kareram tugaydi. Shundan keyin nima qilishni o‘ylayapman.

Ayni paytda biznes olami meni qiziqtirib qo‘ygan, uni yaxshilab o‘rganishni istayman.  Hozir bu borada hech narsani bilmayman. Biznes sohasiga ilk qadamlarimni tashlashga harakat qilyapman, - dedi Lionel Messi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda argentinalik yulduz “Inter Mayami” bilan 2028 yilning oxirigacha davom etadigan yangi shartnoma imzolagan. Ekspertlar bu Messining futbolchi sifatida so‘nggi bitimi ekanini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!