
Frensis Ngannu chekinishni istamayapti
Frensis Ngannu boksdagi faoliyatini davom ettirmoqchi. Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni boks olamiga o‘tgan yilning oktyabr oyida Tayson Fyuriga qarshi jangi orqali kirib kelgandi. O‘sha bahsda Frensis mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, uchinchi raundda Fyurini nokdaun qilib, hammada yaxshi taassurot qoldirdi. Uning Entoni Joshuaga qarshi ikkinchi jangi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Ammo bunday natijalarga qaramay, Ngannuning boksga bo‘lgan qiziqishi so‘nmadi. talkSPORT nashriga bergan intervyusida u Deontey Uaylder bilan jang qilish istagi haqida gapirdi:
"Uaylder bilan jang qilishni juda istardim. Boksda ikkimizda ham imkoniyatlar teng, lekin bu qarama-qarshilik MMA da bo‘lganida, faqat menda ustunlik bo‘lardi."
Fikrlar