FR: "Lokomotiv" nega Pro ligaga tushib ketdi?

  • 29 aprel, 2023, 03:24
  • Odilbek Fayzullayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

28 aprel kuni O‘FA majlislar zalida hakamlar uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Tecno

photo_2023-04-28_17-09-54

Bu tadbirga faqat bitta vaziyat tahlilini eshitish uchun bordim. Gap Buxorodagi o‘yin oxirida "Neftchi" darvozasiga qo‘yilgan penalti haqida ketyapti.

OFK instruktori Vladislav Tseytlin o‘sha epizodni chiroyli va aniq qilib izohlab berdi: "Havodagi to‘pga zarba berish uchun yuqoriga sakragan sariq libosli himoyachi o‘yin qoidasini buzmadi. Bu erda penalti belgilashga arziydigan hech qanday asos yo‘q".

photo_2022-01-17_18-03-45

Yaxshi, shunday bo‘lishi mumkin. Tajribali mutaxassisning xulosasini e’tirozsiz qabul qilamiz. Lekin menga seminardagi boshqa jihat yoqmadi. Ko‘pchilik bunday xatolarni odatiy va oddiydek qabul qilyapti. To‘g‘ri, hakam ham futbolchilar bilan bir xil yaratilgan. U ham xato qilishi mumkin. Ammo unutmasligimiz kerakki, bugun uning xizmatida VAR bor. Sohaga kecha kirib kelgan qaysidir referi videoassistent xizmatidan foydalanib, 11 metrli jarima masalasida adashsa, tajribasizligiga yo‘yishimiz mumkin. Lekin yosh jihatdan eng tajribali hakamimiz (Vadim Agishev) bir o‘yinda 2ta shunday xato qilsa, hozirgi avlodda xalqaro arenalarni ko‘rish bo‘yicha hammadan tajribalirog‘i (Aziz Asimov) qaysidir jamoa foydasiga adashsa, bu — katastrofa.

photo_2021-11-09_00-18-34

Boshqacha fikrlayotgan mutaxassislar uchun noto‘g‘ri qo‘yilgan bittagina penalti qanday oqibatlarga olib kelishi haqida aytib beramiz. Keling, uzoqqa bormasdan, Buxorodagi o‘yinda xato qilgani aytilayotgan Aziz Asimovning boshqa bir o‘yinini olaylik.

photo_2022-10-24_15-33-57

O‘tgan yilgi mavsumning 19-turi. "Surxon" Olmaliqda "Lokomotiv"ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi (Hamid Aktamov davridagi birinchi g‘alaba). Uchrashuv taqdirini hal qilgan gol Abdul-Aziz Yusupov tomonidan 11 metrli nuqtadan kiritilgan. O‘sha penaltiga asos sifatida Islomjon Qobilov akrobatik uslubda zarba berish uchun erdan ko‘tarilgan Nuriddin Hasanovga qo‘pollik qilgani ko‘rsatilgan.

Penalti kulgili, o‘yindan keyin instruktorlar tomonidan aytilgan yakuniy xulosa dahshatli bo‘lgandi: "Azizga ishonamiz. U to‘g‘ri qaror chiqardi. Lekin bo‘lajak o‘yinlarda bunday holatlar uchun penalti belgilamang"...

Rostini aytsam, shu gapning mag‘zini chaqishga 7 oy harakat qilib, bugun tushundim: "Lokomotiv" darvozasi tomon qo‘yilgan "11" noto‘g‘ri bo‘lgan ekan. Ya’ni, o‘sha xato "temiryo‘lchilar"ning 1 ochkosini tortib olib, termizliklarga 2 ochko sovg‘a qilgan bo‘lib chiqyapti.

photo_2022-09-17_16-05-48

Endi chempionat yakunidagi turnir jadvaliga qaraymiz ("Surxon" 2 ochkolik farq bilan "Loko"dan 1 pog‘ona yuqorida).

photo_2022-11-12_19-06-02

Agar o‘zaro o‘yindagi noto‘g‘ri penalti qo‘yilmasa, "Loko" yakunda "Surxon"dan 1 ochko ko‘proq jamg‘argani holda 11-o‘rinni egallar va Superligadagi o‘rnini saqlab qolar edi. Bu hech kim inkor qilolmaydigan fakt.

photo_2022-09-17_18-57-55

So‘zimiz yakunida esa bunaqa xatolarni jiddiy qabul qilmayotganlarga oxirgi bor murojaat qilamiz. Siz mensimayotgan birgina penalti O‘zbekistonning 3 karra chempionini nafaqat quyi divizionga tushirib yubordi. Ehtimol, tag-tugi bilan 1000 km uzoqqa ko‘chirib yuborishi ham mumkin edi. Aytmoqchimizki, siz ishlayotgan futbolda mayda detallar yo‘q. Mana shu "Neftchi" Buxoroda boy berilgan 2 ochko tufayli yil oxirida chempionlikdan mahrum bo‘lishi mumkin. Bunga ham normal holat sifatida qaraysizmi?

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Каримов Бахтиëр
29/04/2023 17:20
Доим ковун туширади шу Асимов. Балким сохасини узгартириб бир дехкончилик килиб курса булармиди
Dilshod Zakirov
29/04/2023 15:18
Шундай этирозли фактлар бн исботлаб куйилди айибинг асимов жаноблари , Энди туклигингни тан ол . Сендакалар футболни улдирябди!!!
&
Азиллохон
29/04/2023 14:37
бу Асимов ўзидан Коллинини ясаб олган ўша пенални қўйган вақтда даже капитанни ёнига яқинлаштирмади энг кулгили қилган иши спрей сепиб шундан ўтсанг сариқ бераман деб қўрқитди УФА қайерга қараяпти энди ўзига келаётган футболни ўлдиришяпти шундай ўзидан Коллини ясаб олган судялар Сурхон Андижон ўйинини хам синдришди ўша ўйинда Андижон ўйинчиларини рухий синдриб ютуқни Сурхонга олиб берди бу кетишда водий командаларини синдриш бўляпти бу йил Нефтчи зўр ўйнаяпти Андижон энди ўзига келди ўша ўйиндан буён ўртоқ Равшан Эрматов жаноблари сиз ўз рейтингизни тушириб юборяпсиз халқ сиздан бундай шармандаликни кутмаган негаки сиз федератция ишга келганизда хамма хурсанд бўлганди сиз энг адашётган ишингиз дарахтни фақат шохини кесяпсиз таг томири билан олиб юбара олмаяпсиз у ёғини ўзингиз мағзини чақиб оласиз агар теран фикрли инсон бўлсангиз
Dolche& Gabana
29/04/2023 14:16
Фахриддин укам хали ешсан урганиб кетасан. бу уфаниям судьяланиям даже равшан эрматтиям Аллох жазосини берсин бу искирт мусорла билмеди деб уйлисанми хаммасини билади даже узлиги показание беради кимни синдиришга, так что бунака футболни харом киладиганлани онасини узбекистонни эшшаклари с.......н