FR: Foden afsonaviy Terriga etib oldi...

  • 21 may, 2023, 20:08
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" qatorasiga 3-bor Angliya chempionligini rasmiylashtirganidan xabardorsiz. OAV "shaharliklar"ning muvaffaqiyati, buzilgan-u takrorlangan rekordlar haqida gapiryapti.

Tecno

gettyimages-1019316212-612x612

Albatta, APL dunyoning eng kuchli ligasi va uni qatorasiga yutish oson ish emas. Lekin biz quyida keltiradigan fakt sizni ko‘proq hayron qoldirishi aniq. Gap 2000 yildda tug‘ilgan Fil Foden haqida ketyapti. U kuni kecha 5-bor Angliya chempionatida zafar quchdi.

gettyimages-1470340856-612x612

Bu "missiya" qanchalik murakkabligini anglash uchun APL kuboklari soni bo‘yicha ortda qoldirgan afsonalarning ba’zilarini esga olaylik: Frenk Lempard, Krishtianu Ronaldu, Edvin van der Sar, Dide Drokba va Erik Kantona.

gettyimages-1414657010-612x612

Xullas, angliyalik futbolchi chempionliklar soni bo‘yicha "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to‘purar — Ueyn Runi hamda "Chelsi"ning uzoq yillik sardori Jon Terri bilan tenglashib oldi. Eng qizig‘i, Foden hali 22 yoshda.

gettyimages-686827088-612x612

Ma’lumot uchun, "Chelsi"ga qarshi "shaharliklar" libosini 213-o‘yinida kiyib chiqqan Fil "Manchester Siti" uchun 59 gol, 41 assist muallifiga aylangan.

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!