
Fozil Musaev "Neftchi"dan ketdi!
Kuni kecha “Neftchi” klubi matbuot xizmati uch nafar futbolchi – Vladimir Nazarov, Ulug‘bek Hoshimov va Nodirxon Ne’matxonov bilan xayrlashilgani haqida ma’lumot berdi.
Bulardan tashqari, jamoaning yana bir a’zosi – Fozil Musaev ham klubni tark etdi. Bu haqida u o‘zining instagramdagi sahifasida yozdi.
Musaev joriy mavsumda Superligada 13, Kubokda 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi. “Neftchi”da bir yarim yil davomida to‘p surgan 34 yoshli yarim himoyachi klubdagi barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Fikrlar