“Formula 1”. Ikkala “Ferrari” va “Red Bull” chiqib ketgan poygada nimalar bo‘ldi?

  • 10 iyun, 2024, 10:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

“Formula 1” Kanada Grand-Prisi o‘z nihoyasiga etdi. Poygada Maks Verstappen bolididagi  muammolar sabab, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi Lando Norris, uchinchi o‘rinni Jorj Rassell egalladi. Rassellning 3-o‘rni “Mersedes” uchun mavsumdagi birinchi podium bo‘ldi. “Kumushrang o‘qlar”ning boshqa bir vakili Lyuis Hemilton eng tezkor aylana bilan to‘rtinchi joyni band qildi.

Tecno

Poyga davomida 5 ta mashina finish chizig‘igacha etib bora olmadi. Ular Logan Sarjent (“Uilyams”), Sharl Lekler (“Ferrari”), Serxio Perez (“Red Bull”), Karlos Sayns (“Ferrari”) va Aleks Albon (“Uilyams”). Sarjent, Perez va Sayns ho‘l trekda boshqaruvni yo‘qotib mashinalariga zarar etkazishdi. Lekler esa, poyga boshidayoq mator bilan muammo borligini aytdi va 43-aylanada poygani yakunladi. Grand-Prini ajoyib o‘tkazayotgan Albon, uning oldida ketayotgan Saynsni deb poygani davom ettira olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!