Forbes 2020 yilda eng ko‘p daromad qilgan sport agentlari nomini ma’lum qildi

  • 26 dekabr, 2020, 16:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Forbes jurnali 2020 yilda eng ko‘p daromad topgan agentlar reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Beysbol agenti Skott Boras o‘tgan yil mobaynida 3,2 milliard dollarlik shartnoma tuzdi. Yakunda uning Boras Corparation agentligi 161,1 million dollar foyda oldi.

Ikkinchi o‘rinni Garet Beylning agenti Jonatan Barnett egalladi. Uning ICM Stellar Sports kompaniyasi 1.42 milliard evroli kelishuvlarni amalga oshirdi va 142,3 million dollar daromad qildi.

Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh 2020 yilda 1 milliard evroli transferlardan 104 million evro ishlab oldi.

Mino Rayola esa yil davomida 847,7 million dollarli kelishuvlar imzoladi va undan 84,7 million dollar ulush oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!