Florentino Peres Anchelottidan norozi

  • 3 noyabr, 2024, 22:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining boshqaruvidan ko‘ngli to‘lmayapti. Bu haqida Ispaniyaning Relevo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilishicha, rahbariyatga italiyalik mutaxassis Endrik va Arda Gulerga etarlicha o‘yin amaliyoti bermayotgani ma’qul kelmayapti. Klub prezidentiga bo‘lsa, Anchelotti faqat Jud Bellingemga ishonch bildirayotgani yoqmayapti.

Hozirda, “qirollik klubi” La Ligada 24 ochko to‘plagan holda, "Barselona"dan keyin 2-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!