
Flik: "Yamal tarixdagi eng kuchli futbolchilardan biriga aylanishi mumkin"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yosh iqtidor sohibi Lamin Yamal haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Lamin – mutlaqo geniy. Ayniqsa uning yoshini hisobga olsak. 18 yoshidayoq u o‘yin taqdirini hal qilayapti.
U to‘g‘ri yo‘lda ketmoqda va juda aqlli. Albatta, u hali juda yosh va boshqalardan o‘rganishi kerak. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonchim komilki, u futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biriga aylanadi", – dedi Flik "Bild" mukofotini qabul qilish chog‘ida.
Fikrlar