
Flik Simeonening vaziyati haqida: “Haqorat yoqimsiz, lekin har kimning xarakteri turlicha”
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Liverpul"ga qarshi bahsda (2:3) muxlislar bilan janjal tufayli maydondan chetlatilgandi. Uning aytishicha, butun o‘yin davomida haqoratlarga chidash qiyin bo‘lgan. Mazkur vaziyatga esa "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z munosabatini bildirdi.
"Men uning nimani his qilganini bilmayman. Ilgari shunga o‘xshash holatlarga duch kelganman, ammo mening diqqatim har doim maydondagi vaziyatda bo‘ladi.
Haqorat eshitish yoqimsiz, lekin har bir insonning xarakteri turlicha. Shuning uchun uning reaktsiyasini tahlil qilishni istamayman, chunki aniq uning holatini bilmayman", – dedi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.
Fikrlar