
Flik: "Dam olish Yamal uchun foydali bo‘ldi"
Xans-Diter Flik Lamin Yamalning yaqin orada "Barselona" o‘yinlariga tayyorligini baholadi.
- Yaxshi holatdamiz. Ertaga "Sevilya"ga qarshi o‘ynaymiz va maydonda o‘n bitta eng yaxshi o‘yinchi bo‘ladi.
Dam olish Yamal uchun foydali bo‘ldi. Men De La Fuentega rahmat aytaman. U bizga yordam berdi. Lamin o‘ynashga tayyor, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.
Ma’lumot uchun, 17 yoshli vinger Millatlar ligasida Daniya bilan o‘yinda son mushaklaridagi kichik jarohat tufayli Ispaniya terma jamoasini muddatidan oldin tark etgan edi.
Fikrlar