Flik “Barsa”ga bir nuqtaga uchta zo‘r futbolchi topib berdi

  • 21 fevral, 19:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida o‘ng qanot himoyachiga yangi ijrochi olib kelishni rejalashtirgan.

Tecno

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham aynan shu pozitsiyani kuchaytirish lozimligini ta’kidlayapti. Ana shu maqsadda tajribali mutaxassis uch nafar futbolchidan iborat ro‘yxat tuzdi.

Yan Koutu:

Braziliyalik iqtidor egasi Kataloniya klubiga kelishga birinchi nomzod. Bu futbolchi “Manchester Siti”ga tegishli. Hozir “Borussiya Dortmund”da ijarada o‘ynayapti.

Vanderson:

“Monako” da o‘ynayotgan yana bir braziliyalik himoyachi Vanderson ham kataloniyaliklar nishoniga tushdi. Bu o‘yinchini “Barselona” sport direktori Deku yoqtirib qolgan. Kataloniyalik mutasaddilarni Vandersonning himoyachi bo‘lishiga qaramay, o‘ng qanot bo‘ylab uyushtiradigan hujumlari ko‘proq qiziqtirmoqda.

Oskar Mingesa:

Mingesa “Barsa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ayni paytda “Selta”da zo‘r o‘ynayapti. “Barselona” uning transfer huquqining teng yarmiga egalik qiladi. Mingesani qaytarish kataloniyaliklarga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!