Flik “Barsa” futbolchilarining “burnini pastga tushirdi”!
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchilar orasida tarqalayotgan jamoaning treblga erishish imkoniyatlari haqidagi gap-so‘zlarga chek qo‘ydi.
AS nashrining yozishicha, germaniyalik tajribali murabbiyi jamoaning o‘z kuchiga ortiqcha baho berishi tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishini ta’kidlagan.
Flik o‘z shogirdlariga hali ular hech narsa yutmaganini, sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun oldinda uzoq va mashaqqatli yo‘l borligini uqtirdi. Shuningdek, bosh murabbiy futbolchilarni ommaviy axborot vositalari bilan muloqot va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrini yozishda katta gapirmaslikka, bunday bayonotlar jamoaga ziyon keltirishi haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.
Ayni paytda kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida 27-turdan keyin birinchi o‘rinda bormoqda. Bundan tashqari, “Barselona” Evropa Chempionlar ligasining chorak finalida va Ispaniya kubogining yarim finaliga chiqqan.



Fikrlar