
"Fiorentina" yarim himoyachisiga "Tottenxem" qiziqmoqda
"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat yozda Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Calciomercato" nashrining xabar berishicha, marokashlik futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
Amrabat 2022 yilgi jahon chempionatidagi sifatli o‘yinlari bilan ko‘plab klublar e’tiborini tortdi va Marokash terma jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ko‘pchilik Sofyan qishda klubini o‘zgartirishini kutgandi, ammo u "Fiorentina"da qoldi.
Ma’lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali 26 yoshli yariim himochini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar